22.12.2019 2915

SSPda Buyuk Britaniya, Litva va Germaniyadan kelgan xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuvlar o'tkazildi


O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida Buyuk Britaniya, Litva va Germaniyadan kelgan xalqaro kuzatuvchilar bilan qator uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Mehmonlarni Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o'rinbosari Islom Jasimov qabul qildi.

Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a'zosi Jon Desmond Veyverli bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda ikki mamlakat ishbilarmonlari o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini o'rnatish, shuningdek, O'zbekiston va Buyuk Britaniya ishbilarmon doiralari ishtirokidagi qo'shma tadbirlar xususida so'z yuritildi.

Uchrashuv davomida Inson huquqlari bo'yicha qo'mita raisi, Litva Seymidagi O'zbekiston bilan hamkorlik bo'yicha parlamentlararo guruh rahbari Valerius Simulik savdo, iqtisodiyot, investitsiya, transport va axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv ikki mamlakat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi va O'zbekiston va Litva korxonalari uchun qo'shimcha rag'batlantiruvchi omil bo'lishi ta'kidlandi.
Shuningdek, CDU / CSU fraktsiyasining tashqi siyosat masalalari bo'yicha katta maslahatchisi, Germaniya Kichik va o'rta biznes ittifoqi Ijroiya kengashi a'zosi Andrey Yan bilan bo'lgan uchrashuvda ikki tomonlama o'zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Germaniya tomoniga respublikada amalga oshirilayotgan keng ko'lamli iqtisodiy islohotlar, erkin iqtisodiy zonalar, biznesni yuritish uchun qulay sharoitlar, shuningdek, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan imtiyoz va preferentsiyalar to'g'risida ma'lumot berildi.\

 

SSP Axborot xizmti