09.12.2019 782

11-12 dekabr kunlari Toshkentda Eron ishlab chiqaruvchilarining ko'rgazmasi, biznes-forum va B2B uchrashuvlari bo'lib o'tadi


Eron Islom Respublikasi sanoat va savdo vaziri R.Rahmani boshchiligidagi delegatsiyaning O'zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida 2019 yil 11-12 dekabr kunlari "International" mehmonxonasida Eron ishlab chiqaruvchilarining ko'rgazmalari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

2019 yil 12 dekabr kuni ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida O'zbekiston-Eron biznes-forumi (soat 10:00 dan 12:00 gacha) bo'lishi kutilmoqda.

Ushbu tadbirlarda to'qimachilik, kimyo va neft-kimyo sanoati, transport va logistika, metallurgiya, qurilish, qishloq xo'jaligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish, oziq-ovqat, turizm va savdo sohalarida faoliyat yurituvchi 100 dan ortiq Eron ishbilarmon doiralarining vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Ishtirokchila ro'yxati bilan bu yerda erda tanishishingiz mumkin.

Biznes-forum davomida ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyatiga bag'ishlangan ma'ruzalar, shuningdek, O'zbekiston va Eron korxonalari ishtirokida kooperatsion birja o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Biz manfaatdor ishbilarmon doiralarni Eron kompaniyalari bilan muzokaralarda qatnashishga taklif qilamiz. Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi raqamlarga murojat qilishingiz mumkun: (90) 017-34-37 va (97) 262-26-16.

 

SSP Axborot xizmati