18.10.2019 726

SSPda Malayziyaning "Matrade" kompaniyasi direktori bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.


O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov 16 - oktyabr kuni Malayziyaning "Matrade" kompaniyasi direktori Muxammad Mustafa Abdul Aziz bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida tomonlar Malayziya hamda O'zbekistonning savdo-iqtisodiy aloqalar yuqori ko'rsatkichlarni ko'rsatayotgani va ikki mamlakat  o'rtasidagi  hamkorlik mustahkamlanayotgani, va yanada rivojlaniayotgani ta'kidlandi.

Shuningdek tomonlar Savdo-sanoat palatasi tomonidan 15-oktabr kuni tashkil etilgan biznes-forumi va “B2B” uchrashuvlari muhokama etildi.

Shu bilan birgalikda ikki mamlakat o’rtasidagi o’zaro tovar aylanmasini oshirish hamda  tadbirkorlar hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida O’zbekiston-Malayziya ishbilarmonlar kengashini tuzish yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida 2020 yilning 1-4 aprel kunlari Malayziyada bo'lib o’tishi rejalashtirilgan  "Halol" xalqaro ko’rgazmasida o’zbekiston tadbirkorlarining ishtirok etishi yuzasidan kelishib oldilar.  

 

 

SSP Axborot xizmati