16.10.2019 570

«Doing Business» indeksida O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash yo‘lida.


So‘nggi yillarda mamlakatda biznes muhitini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida, Jahon banki ekspertlari tomonidan chop etiladigan yillik hisobotining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston «Top-20 islohotchi mamlakatlar» qatoridan o‘rin egalladi.

Mazkur islohotchi mamlakatlarni aniqlashda Jahon banki hisobotning 10 ta tarkibiy indikatorlaridan kamida 3 tasida islohot olib borilganligi hamda biznes yuritish osonligi natijasida mamlakatlar to‘plagan ballardan kelib chiqadi.

Xususan, mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar sifatida - Minoritar investorlarni himoyalashning kuchaytirilganligi, Soliq to‘lash tizimini soddalashtirilganligi, Shartnomalarni bajarishda nizolarni xal etishning mediatsiya amaliyoti joriy etilganligi, Xalqaro savdo jarayonlarini osonlashtirishda esa tekshirishlarni tavakkalchilik (risk)ka asoslangan mexanizmi joriy etilganligi e’tirof etildi.

O‘z navbatida, Iqtisodiyot va sanoat vazirlgi Jahon banki bilan «Biznes yuritish» hisobotining boshqa yo‘nalishlarda ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan  chora-tadbirlar xususida yangilangan ma’lumotlarni tayyorlash bo‘yicha izchil ish va doimiy ijobiy muloqotni olib bormoqda.

Natijada, mustaqil tahlillarga ko‘ra, joriy yilning 24 oktabr kuni (Sharqiy yarimshar vaqti bilan) e’lon qilinishi rejalashtirilgan «Biznes yuritish – 2020» yillik hisobotida O‘zbekistonning o‘rni salmoqli darajada yaxshilanishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun: «Biznes yuritish-2019» yillik hisobotida O‘zbekiston 67,4 ball to‘plab, 190 mamlakat ichida 76 – o‘rinni egallagan.

SSP Axborot-xizmati

http://mineconomy.uz