25.09.2019 421

O'zbekiston-Koreya ishbilarmon doira vakillari o'rtasida biznes-forum hamda "B2B" formatidagi uchrashuv bo'lib o'tdi


2019 yil 25 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan O'zbekiston-Koreya  ishbilarmon doira vakillarining biznes-forumi hamda  «B2B» formatidagi kooperatsiya birjasi o'tkazildi

Bu tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad - mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini Koreya bozorlariga eksport qilinishini yanada takomillashtirishga doir masalalarni muhokama qilishdan iborat.

Koreya delegatsiyasi tarkibidan qurilish, sog'liqni saqlash, turizm kabi soxalarda faoliyat yuritayotgan yetakchi kompaniya vakillari o'rin olgan.

Delegatsiya a'zolari, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng islohotlarni yuqori baxolab, O'zbekistonni mintaqadagi asosiy hamkor sifatida ko'rib chiqayotganini va samarali hamkorlikni, keng ko'lamdagi eksport-import jarayonlarini kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta'kidladilar.

Shu bilan birgalikda, O'zbekiston va Koreya davlatlari o'rtasida o'zaro savdo-iqtisodiy aloqalar tobora rivojlanib borayotgani va bugungi kunda mamlakatimizda sarmoyadorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgani alohida ta'kidlanib, o'tkazilayotgan bu kabi forumlar ikki mamlakat ishbilarmonlarining to'g'ridan-to'g'ri xamkorlik qilish uchun qulay platforma bo'lib, o'zaro tovar aylanmasini yanada oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

Qayd etish lozim, 2019 yilning to'rt oyida davomida (yanvar-aprel) o'zaro tovar aylanmasi 913,4 mln.dollarni  tashkil etdi. Shu jumladan eksport - 27,1 mln.doll., import - 886,3 mln.dollar.Eksportning asosiy yo'nalishlari : transport, qurilish, sayohat xizmatlari, paxtadan yigirilgan ip,  kimyoviy mahsulotlar, plastmassa buyumlari, qurilish materiallari va boshqalar.

Bu ko'rsatkichlar kelgusi yillarda yanada istiqbolli ko'rinish olishi uchun bir qator loyiha va takliflar xam muzokaraga qo'yildi.

Forumda Koreya delegatsiyasi vakillari tomonidan eksport qilish jarayonida bir qator yangiliklar va imkoniyatlar, shu bilan birga, elektron ma'lumotlar bazasi haqida xam taqdimot qilindi.

O'zbekiston ishbilarmon doira vakillari o'z navbatida, respublikaning investitsion va eksport salohiyati va mahalliy eksport qiluvchi kompaniyalar faoliyati to'g'risida ma'lumot berdilar.

Biznes-forum doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari o'rtasida “B2B” formatidagi muzokaralar olib borildi.

Unda tomonlar qo'shma korxonalar tashkil etish, investitsion loyixalarni amalga oshirish va o'zaro manfaatli shartnomalarni imzolash kabi masalalarni muxokama qildilar.   

Tadbir yakunlari bo'yicha o'zbek va koreys kompaniyalari o'rtasida shartnoma va memorandumlar imzolandi

 

SSP Axborot xizmati