19.09.2019 995

Sizni O'zbekiston va Turkiya ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum va B2B formatidagi ikki tomonlama muzokaralarga taklif qilamiz


O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi va O'zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi 23-28 sentyabr kunlari MUSIAD prezidenti A. Kaan boshchiligidagi Turkiya Mustaqil sanoatchilar va tadbirkorlar uyushmasi (MUSIAD) delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifi tashkil etilmoqda.

Tashrif doirasida 24 sentyabr kuni soat 10-00da International Hotel Tashkent mehmonxonasining konferents-zalida O'zbekiston va Turkiya ishbilarmon doiralari ishtirokida B2B formatidagi biznes-forum va ikki tomonlama muzokaralar bo'lib o'tadi.

Ushbu tashrifdan maqsad qurilish sanoati, qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat, neft va metallurgiya, go'sht va sut mahsulotlari, shamol va quyosh energiyasi, transport va logistika sohalarida muzokaralar olib borishdir.

Agar siz ushbu tadbirda ishtirok etishni xohlasangiz, iltimos, 71-150-60-06 raqamiga murojaat qiling.

Murojaat uchun shaxs: Ruzimurodova Rayxon