19.09.2019 596

Hindistonning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi


Joriy yilning 19 sentyabr kuni O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Santosh Dja bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, unda ikki mamlakat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik masalalari va istiqbollari muhokama qilindi.

 

Tomonlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga rasmiy tashrifi chog'ida erishilgan yuqori darajadagi kelishuvlar va joriy yilning yanvar oyida Bosh vazir Narendra Modining taklifiga binoan "Dinamik Gujarat-2019" IX xalqaro sarmoyaviy sammitida ishtirok etishdagi ikki tomonlama munosabatlarni har tomonlama ko'rib chiqdilar. 

Suhbat chog'ida O'zbekiston-Hindiston munosabatlarining holati ko'rib chiqildi va hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar chog'ida hind tomonining O'zbekistonda amalga oshirilayotgan qo'shma sarmoyaviy loyihalarda ishtirok etishining amaliy jihatlari muhokama qilinib, birgalikda ishlashning yangi potentsial yo'nalishlari aniqlandi.

Uchrashuv yakunlariga ko'ra joriy yilning oktyabr oyi o'rtalarida Andijon, Buxoro, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrida ikki mamlakat ishbilarmonlari o'rtasida biznes-forum va ishbilarmonlik muzokaralarini tashkil etishga kelishib olindi.