07.09.2019 715

9 sentyabr kuni SSPda turk ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes uchrashuv va B2B bo'lib o'tadi.


2019 yil 9 sentyabr kuni soat 14-00 da O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining majlislar zalida O'zbekiston va Turkiya mamlakatlari ishbilarmon doiralari ishtirokida "B2B" formatidagi o'zbek-turk biznes uchrashuvi va muzokaralar o'tkazish rejalashtirilgan.

Ushbu tadbirlarning maqsadi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport, aloqa va axborot texnologiyalari sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilishdan iborat.

10-11 sentyabr kunlari Turkiya delegatsiyasi Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi.

Agar siz ushbu uchrashuvda ishtirok etishni xohlasangiz, quyidagi raqamlar orqali bog'laning: 78 150-60-06 yoki telegram: @ruzi_ray Bog'lanish uchun shaxs: Ruzimurodova Rayxon