07.06.2019 1494

Amerika Qo'shma Shtatlari biznes vakillari delegatsiyasining O'zbekiston Respublikasiga tashrifiga oid.


O'zbekiston Respublikasi va Amerika Qo'shma Shtatlari o'rtasidagi ikki tomonlama o'zaro savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni kengaytirish maqsadida 2019-yil 18-20 iyun kunlari AQSH savdo missiyasining O'zbekistonga tashrifi rejalashtirilgan.

Delegatsiya tashrifi davomida, AQSH ishbilarmon doiralari bilan 2019 yil 19 iyun kuni «G2B»  va 20 iyun kuni  «B2B»   formatida “Wyndham Tashkent Hotel” mehmonxonasida kooperatsion birja bo'lib o'tadi (AQSH kompaniyalari  haqida ma'lumot ilova qilinadi)

Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad O'zbekiston biznes muhitini o'rganish va O'zbekiston ishbilarmonlari bilan o'zaro manfaatli aloqalarni yo'lga qo'yishdan iborat.

Biznes muzokaralarda ishtirok etish uchun oldindan ro'yxatdan o'tish va potensial AQSH kompaniyasi bilan uchrashuvning sanasi va vaqtini belgilash talab etiladi.

Shu munosabat bilan, ushbu biznes uchrashuvga qiziqish bildirgan tashkilotlar, 2019 yil 11 iyun soat 17-00 ga qadar AQSH kompaniyalari bilan muzokaralar olib borish bo'yicha takliflarini elektron pochta orqali Palataning expo@chamber.uz  manziliga taqdim etishingizni so'raymiz.

Uchrashuvning aniq sanasi va joyi haqida qo'shimcha ma'lumot beriladi.

Qo'shima ma'lumot uchun +998997744594 telefon raqami orqali Palata ma'sul xodimi A'zamov Sardor bilan bog'lanishingizni so'raymiz.