22.11.2018 3170

Toshkentda mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligini oshirish va tashqi savdoni rag'batlantirish yo'llari muhokama qilindi.


Toshkentda tashqi va ichki mahsulot hamda xizmatlar bozorlarida o'zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish masalalari bo'yicha xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi. Tadbir yakunlari bo'yicha bojxona ma'muriyati tizimini hamda O'zbekistonda tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlarning faoliyatini takomillashtirishga oid tavsiyalar tayyorlandi.

Seminar tarmoq vazirliklari, idoralari, ta'lim sektori, NNT, ITI sohasining yuzga yaqin mutaxassisi va ommaviy axborot vositalari vakillarini bir yerga to'pladi. Ma'ruzachilar sifatida yetakchi mahalliy ekspertlar bilan bir qatorda Vengriya, Germaniya, AQSH, Rossiya, xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirok etdilar.

Birinchi sessiya doirasida xalqaro savdoni rivojlantirishda Yevropa Ittifoqi va MDH davlatlarining ilg'or tajribasini qo'llash masalalari, shuningdek O'zbekistonning Butunjahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lishi istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, ma'ruzachilarning chiqishlari xalqaro savdoni ilgari surish uchun zarur hisoblangan bojxona islohotlariga qaratildi. Bu mamlakatimiz uchun dolzarb mavzu, chunki ekspertlarning baholashlariga ko'ra, eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda aynan bojxona tartib-taomillariga sezilarli mablag' va vaqt sarflanadi.

Ikkinchi sessiya O'zbekistonning eksport salohiyatini va mahalliy qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari mahsulotining eksportini oshirish masalalariga bag'ishlandi. Ekspertlar mamlakat agrosektorining raqobatga oid ustunliklarini qayd etib, shuningdek O'zbekiston uchun potensial jozibaga ega bo'lgan tashqi bozorlar taqdimotini o'tkazdilar.

Jumladan, erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirish, tarmoq klasterlari va texnoparklarni shakllantirish masalalari bo'yicha sessiya seminarni yakunlab berdi. Bugungi kunda davlatimizda 21ta erkin iqtisodiy hudud faoliyat yuritayotgan bo'lib, ularning 9tasi sanoat, 7tasi farmatsevtika, 2tasi qishloq xo'jaligi, shuningdek turizm, transport-logistika va sport jihozlarini ishlab chiqarishga yo'naltirilgan. O'zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarning rivojlanish tezligidan kelib chiqqan holda, ekspertlarning taqdimotlari erkin iqtisodiy hududlarnni samarali boshqarish, sanoat hududlari va klasterlarini rivojlantirish bo'yicha ilg'or tajriba, kichik sanoat hududlari faoliyatini yanada rivojlantirish istiqbollari kabi dolzarb mavzularni qamrab oldi.

Seminar yakunlari bo'yicha mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish hamda ularning tashqi bozorlardagi pozitsiyalarini kuchaytirish masalalari bo'yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Seminar Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi, BMTTD, shuningdek Buyuk Britaniyaning O'zbekistondagi Elchixonasi tomonidan tashkil etildi.

 

O'z SSP Matbout hizmati http://t.me/uzchamber