21.11.2018 2546

Hurmatli tadbirkorlar! "Vino san'ati" vinolar festivaliga taklif etamiz!


Vinolar festivali O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev tashabbusi bilan o'tkazilmoqda va uning ko'magida ilk bor milliy va xorijiy vino ishlab chiqaruvchilar, ilm-fan, ta'lim, distributsiyalar vakillari, spirtli ichimliklar bozorining boshqa ishtirokchilariga uzumchilik va vinochilik sohasidagi eng yaxshi yutuqlarini namoyish etishlari va muloqot qilishlari uchun professional maydon taqdim etiladi.

Tadbirdan maqsad – o'zbek vinosini ommalashtirish, o'zbekistonliklarning vino ishlab chiqarish madaniyatini oshirish va mamlakatning vino sanoatini rivojlantirishga qaratilgan. Bu shuningdek, O'zbekistonga, uning poytaxtiga tashrif buyurish, mamlakat, uning an'analari, shu jumladan noyob qadimiy tarixga ega bo'lgan vinochiligi to'g'risida ko'proq ma'lumot olish uchun juda yahshi imnoniyat hamdir.

Unda mamlakatimiz va chet ellarning taniqli vino ishlab chiqaruvchi korxonalari, enologlar, somele va alkogol hamda vino sektori ekspertlari, O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari ishtirok etadi.

Xususan, Bolgariya, Vengirya, Gruziya, Italiya, Rossiya, Fransiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlardan mehmon va ishtirokchilar tashrifi kutilmoqda.

Ular orasida Qrim vinochilar uyushmasi prezidenti, Rossiya Fanlar Akademiyasi “VNNIIViV “Magarach” FGBUN mudiri, texnika fanlari doktori, NAAN muxbir a'zosi, prof. Zagoruyko Viktor Afanasevich(Rossiya), Rossiya va MDH halqlari bilan do'stlik federatsiyasi raisi Zaxariev Z.M.(Bolgariya), “Santuccio” somele assotsiatsiyasi prezidenti Leonardo Komuchchi (Italiya), Gruziya qishloq xo'jaligi ilmiy-tadqiqot markazi direktori Levan Udjmadjuridze, Tokaya uzumchilik va vinochilik instituti direktori Bixari Zoltan (Vengriya), Shampani enologiya institutining Rossiya va yaqin xorijiy mamlakatlardagi ma'muriy vakili Margarita Pankratova, Abramov I.M. nomidagi Butunrossiya oziq-ovqat biotexnologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti vakillari, vino tayyorlash uchun zamonaviy texnologiya jihoz-uskunalari ishlab chiqaruvchi “DELLATOFFOLA” uzum ko'chatlari yetishtiruvchi “Vivai cooperative Rauscedo” kompaniyalari (Italiya) va vinochilik sohasining boshqa ko'plab vakillari bor. Mamlakatimiz mutaxassislari bilan birga horijiy ekspertlar festival ishida faol ishtirok etadilar, tadbir doirasida uzumchilik va vinochilikni istiqbolli rivojlantirish yo'nalishida amaliy tajriba almashuviga alohida e'tibor qaratiladi.

Festival uch kun davom etadi. Uning boy dasturi ko'plab rang-barang tadbirlarni qamrab olgan. Jumladan, “Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishning innovatsion texnologiyalari va zamonaviy tendensiyalari” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, vino mahsulotlari, jixoz va texnologiyalar ishlab chiqaruvchi ishtirokchilarning taqdimotlari, “Sharq novdasi” xalqaro degustatsiya tanlovi, mahorat darslari va boshqa tadbirlar bo'lib o'tadi.

Festival kunlari keng assortimentdagi vino mahsulotlarining ko'rgazma ekspozitsiyalari faoliyat ko'rsatadi, shuningdek, turli esdalik sovg'alar do'konlaridan tarkib topgan sharqona bozor tashkil etish ham ko'zda tutilgan. Festival qatnashchilari va tashrif buyuruvchilarga qo'laylik tug'dirish uchun pavilon hududiga respublika gastronomiyasi vakillari – milliy va yevropa taomlari tayyorlovchi taniqli restoranlar tarmog'i joylashtirilib, ularda mehmonlarga turli taomlar taklif etiladi. Festival davomida o'zbek xalqining madaniy va tarixiy an'analari bilan tanishtiruchi madaniy-ko'ngilochar va ma'rifiy dasturlar namoyish etiladi!

Eng asosiy tadbir festival yakunlanadigan kuni bo'lib o'tadi, unda barcha qatnashchilarni, shuningdek, uzumdan tayyorlangan maxsulotlarning 11 nomdagi nominatsiyalari bo'yicha “Sharq novdasi” xalqaro degustatsiya tanlovi g'oliblarini taqdirlashga bag'ishlangan tantanali marosim o'tkazish rejalashtirilmoqda.  

 

Manzil: Toshkent sh, "O'zEkspomarkaz", № 3- pavilon, "Atrium" zali
Sana va vaqti: 21-22 noyabr kunlari soat 10:00 dan 18:00 gacha, 23 noyabr kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha bo'lib o'tadi.

 

Qo'shimcha ma'lumot uchun telefon: +99890 355 03 11

 

Dastur ni yuklab olish

 

O'z SSP Matbuot xizmati