22.12.2015 8321

“O‘zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish va boshqarishga oid mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish masalalari (xorijiy mamlakatlar tajribasi misolida)” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tadi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 20 avgustdagi «O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4745-sonli Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshkaruvi akademiyasida yukori malakali kadrlarni
tayyorlash borasida tinglovchilarning nazariy bilimlari bilan amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Hozirda akademiya tinglovchilariga “Mahalliy boshqaruv va erkin iqtisodiy zonalar” fani o‘qitilmoqda. Mazkur fan doirasida joriy yilning 24 dekabr kuni akademiyada “O‘zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish va boshqarishga oid mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish masalalari (xorijiy mamlakatlar tajribasi misolida)” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tadi.