18.12.2015 8456

Devor gul qog‘ozlarni (oboy) ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirishga doir investitsion taklif


O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Italiyaning  «S.i.r.p.i. Spa»  kompaniyasi tomonidan respublikamiz hududida zamonaviy devor gul qog‘ozini (oboy) ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish uchun mahalliy tadbirkorlik sub’ektlari bilan hamkorlik qilish taklifini bildirganligini ma’lum qiladi. 
    Ma’lumot uchun: «S.i.r.p.i. Spa»  kompaniyasi xozirgi kunga qadar dunyoning etakchi «Armani» kompaniyasining dizaynerlari bilan hamkorlikda ishlab kelmoqda. 
    Shu munosabat bilan Italiya tomonidan ushbu loyihani respublikamiz hududida amalga oshirish uchun quyidagi ma’lumotlarni so‘rab murojaat qilgan:

  • Hamkorlik qilish istagida bo‘lgan mahalliy tadbirkorlik sub’ektining loyihani amalga oshirish uchun moliyaviy holati va qo‘shma loyihani amalga oshirish uchun o‘z moliyaviy mablag‘lariga egaligi;
  • Loyihani amalga oshirish uchun mahalliy tadbirkorlik sub’ekti tomonidan taklif etiladigan ishlab chiqarish bino va inshootlari hamda unda tegishli muhandislik-kommunikatsiya (elektr, gaz tarmog‘i, suv) infratuzilmalarining mavjudligi.        

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, «S.i.r.p.i. Spa» kompaniyasi bilan hamkorlik qilish istagida bo‘lgan mahalliy tadbirkorlik sub’ektlari o‘z takliflarini joriy yilning 23 dekabriga qadar Palataning Zamonaviy texnologiyalar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘limiga (g.usmanov@chamber.uz ) elektron ko‘rinishda taqdim etishlarini so‘raymiz.
Shu bilan birga, mahalliy tadbirkorlar mazkur masala bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot uchun Palataning Zamonaviy mini-texnologiyalar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘limi mas’ul xodimi Usmonov G‘afurjonga (+99871) 150-91-69 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.